Shibbalash mashinasi
Shibbalash mashinasi — bino yoki inshoot zaminini mustahkamlash maqsadida tuproqni zichlash uchun mo’ljallangan qurilma. Asosiy ish organi tuproqqa (gruntga) zarb bilan davriy ta’sir qiladigan plitadan iborat. Shibbalash mashinasi zarba kuchiga qarab, og’ir (zarba kuchi 5104 J gacha), o’rtacha (103 — 104 J) va yengil- dastaki (103 J gacha) turlarga bo’linadi. Og’ir Shibbalash mashinasiga strelali ekskavator-kran yoki traktor asosida tuzilgan mashinalar kiradi. Ularning ish organi vazni 3 tonnagacha bo’lib, zaminga 2,5 metrgacha balandlikdan tashlanadi. O’rtacha Shibbalash mashinasiga o’zi yurar shassi yoki traktorga o’rnatilgan osma jihozli dizelshib-balagichlar kiradi. Zanjir (gusenisa) li traktorga o’rnatilgan osma Shibbalash mashinasi keng tarqalgan. Uning ish organi ketmaket ishlovchi 5 ta dizelshibbalagich yoki yuqoridan zarb bilan tashlanadigan plitadan iborat. Uning ish tezligi 200— 300 m/soat, ish unumdorligi 450 m3/soatgacha, zichlash qalinligi 1,5 gacha. Yengil dastaki Shibbalash mashinasi jumlasiga dastali g’altaklar, titrama plitalar va boshqalarni kiritish mumkin.