San-Lavrentiy qo’ltig’i

San-Lavrentiy qo’ltig’i — Atlantika okeanidagi qo’ltiq. Kanadaning Sharqiy qirg’oqlari yaqinida. Nyufaundlend va KeypBreton orollari San-Lavrentiy qo’ltig’ini okeandan ajratib turadi. Gidrologik rejimiga ko’ra, yarim yopiq dengiz. Maydoni 249 ming km2. Chuqurligi 538 metr. San-Lavrentiy daryosi quyiladi. Suv qalqishi yarim sutkalik (2 metrgacha). Dekabrdan maygacha muz bilan qoplanadi. Aysberglar suzib yuradi. Baliq ovlanadi. Sohilida Setil, Kvebek shaharlari joylashgan.