San-Luis-Potosi

San-Luis-Potosi — Meksikaning Markaziy qismidagi shahar, Meksika tog’ligida, 1877 metr balandlikda joylashgan. San-Luis-Potosi shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 669,3 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Konchilik (kumush, qo’rg’oshin, rux, mis) rayonning qadimgi markazi. Qora va rangli metallurgiya, qishloq xo’jalik mashinasozligi, kimyo, oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati korxonalari, temir yo’l ustaxonalari; universitet bor. Shaharga 16-asr oxirlarida asos solingan. 17-18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.