San-Luis-Potosi

San-Luis-Potosi — Meksikadagi shtat. Maydoni 62,8 ming km2. Aholisi 2,3 million kishi (2000). Ma’muriy markazi — San-Luis-Potosi shahri. Meksika tog’ligida joylashgan. Hududining katta qismi Meksika qo’ltig’idan Sharqiy Serramadre tog’lari bilan ajratilgan berk havzadan iborat. Iqlimi yozi issiq va qishi sovuq tog’ tropik, quruq iqlim. O’rtacha oylik temperaturalar 9— 25°. Yillik yog’in 400 mm dan ziyod. Iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi yetakchi tarmoq. Qo’ychilik, sut chorvachiligi rivojlangan. Yovvoyi o’sadigan o’simliklar teriladi. Polimetall rudalar qazib olinadi. Rangli metallurgiya, oziq-ovqat, to’qimachilik korxonalari bor.