Saparova Zulayho

Saparova Zulayho (1930.23.2, To’rtko’l) — qoraqalpoq raqqosasi. O’zbekiston xalq artisti (1969). 1954— 76 yillar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon raqqosa. 1976 yildan baletmeysterlik qilgan. «Tinchik kabutari», «yurak torlari», «Namabasi», «Nozli» kabi qoraqalpoqcha, O’zbekcha «zang», «Lazgi», «Dildor», «Pilla», «Nozigim» kabi raqslari bilan tanilgan. Uning raqslari sho’xchanligi, ayni paytda mayin va milliyligi, jozibadorligi bilan ajralib turgan. Saparova, shuningdek, hind, turkman, tojik va boshqa xalqlar raqslarini ham mohirona ijro etgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat mukofoti laureati (1968).