Sardi

Sardi (Turkiyadagi hozirgi Sart qishlog’i) — qadimgi shahar. Lidiya davlatining poytaxti (miloddan avvalgi 7-asr boshi -546 yil). Podshoh Krez davrida ravnaq topgan. 546 yil Axomaniylar tomonidan bosib olingan. 1402 yil Amir Temur zabt etgan. Arxeologik qazishlar (20-asr) natijasida artemisiy ibodatxonasi va nekropol aniklangan; qadimgi bitiklar (Midiya tilida) chiqqan.