So’x tumani

So’x tumani — Farg’ona viloyatidagi tuman. 1942 yil iyulda tashkil etilgan. 1959 yil 7 martda Rishton tumaniga qo’shib yuborildi. 1990 yil 27 Fevralda qaytadan tuzilgan. Qirg’iziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,22 ming km2. Aholisi 51569 kishi (2003). Tumanda 4 qishloq fuqarolari yig’ini (Oxunboboev, Ravon, So’x, xushyor) bor. Markazi — Ravon qishlog’i. Tabiati. Tuman hududi Farg’ona viloyati Janubda, So’x daryosi vodiysida joylashgan. Foydali qazilmalardan neft, gaz, shag’al bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o’rtacha temperaturasi — 6,7°, eng past temperatura -27°, iyulning o’rtacha temperaturasi 23,6°, eng yuqori temperatura 42°. Yillik yog’in 180 mm. Tuproqlari bo’z tuproq va o’tloqi tuproqlardan iborat. Yovvoyi hayvonlardan tulki, parrandalardan kaklik, bedana, zog’cha, qarg’a, to’rg’ay, sassiqpopishak, qaldirg’och; kemiruvchilardan kalamush va boshqalar uchraydi. Suvlarda har xil baliqlar bor. Aholisi, asosan, o’zbek va tojiklar, shuningdek, qirg’iz, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2ga 255 kishi. Ag’olining barchasi qishloqda yashaydi. Xo’jaligi. Tuman asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan. Kichikroq korxonalar jumladan, 50 xususiy korxona hamda shirkat, dehqonfermer xo’jaliklari faoliyat kursatadi. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarga don, sabzavot, urug’lik kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Bog’dorchilik rivojlangan. Tuman jamoa va xususiy xo’jaliklarida qoramol, qo’y va echki, parranda boqiladi. Tumanda 27 umumiy ta’lim maktabi, 1 kasb-hunar kolleji, 3 litsey, dehqon bozori, madaniyat saroyi, Markaziy stadion, Markaziy kasalxona bor. Tuman hududida dam olish va xushmanzara joylar mavjud. Tuman markazida So’x tumani telestudiyasi faoliyat ko’rsatadi. So’x tumani O’zbekistonning qadimgi tarixiy maskanlaridan hisoblanadi. Sux havzasida joylashgan Selungur g’orilan paleolit davriga mansub ashyolar topilgan. So’x tumani Sux—Haydarkon qadimgi konchilik hududini ham tashkil qiladi. 11-asrdan Buyuk ipak yulining Janub tarmog’i So’x tumanidan o’tgan 1890 yillarda So’x qishlog’i hududidan ilon shakli burttirib tushirilgan tosh tumor topilgan. Uning ustki qismida ravoqsimon ushlagich bor, quyi qismi to’rtburchakli quti shaklida. Arxeologlarning aniqlashicha, bu tumor miloddan avvakgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlariga mansub. Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur Hindiston sari yurishidan avval bir yil Suxda turganligi to’g’risida ma’lumotlar bor. So’x tumanida «Sadoi Sux» gazetasi chiqariladi.