Sargon II

Sargon II — Ossuriya podshohi (miloddan avvalgi 722-705). Salmanasar V taxtdan ag’darilgach, hokimiyat tepasiga kelgan. O’z siyosatida kohinlar hamda Ossuriya va Bobilning imtiyozli shaxarlari manfaatlarini harbiylar manfaati bilan uyg’unlashtirishga harakat qilgan. Isroil (722) va Suriyani bosib olgan (Karxemishning egallanishi, 717); 714 yil Urartu podshoxi Rusa I ni tor-mor etgan, Kichik Osiyo yarim orolining sharkidagi, shuningdek, Midiyadagi bir kancha viloyatlarni bosib olgan; 710-709 yillarda Bobilni egallagan.