Sarieshik-O’trov

Sarieshik-O’trov — Balxash ko’lidan Janubroqdagi qumli cho’l. Qozog’iston Respublikasi hududida, ili va Qoratol daryolari oralig’ida. G’arbiy kismida Ili daryosining qad. o’zanlari, shim.da mavsumiy soyjilg’alar uchraydi. Juyakli qum tepalari ko’p. G’arbiy qismida saksovulzorlar, sharqida teresken, juzg’un, shuvoq, qizilcha o’sadi. Ili va Qoratol daryolari vodiilarida to’qay o’simliklari uchraydi. Sarieshnikdan qishki yaylov sifatida foydalaniladi. Qadimgi quruq o’zanlarda sholikorlik qilinadi.