Saqil

Saqil (Arabcha — og’ir, vazmin) — 1) Sharq musiqa nazariyasida past (yo’g’on) tovushning ifodasi; 2) qadimgi mashhur doira usullarining nomi (masalan, Saqili avval, Saqili soniy va boshqalar); 3) Shashmaqom tarkibidagi maqomlarning mushkilot bo’limi yakuniy qismi (masalan, Buzruq maqomida Saqili Islimxon, Saqili Sulton, rostda Saqili vazmin, Saqili Rakrak va boshqalar). Shashmaqomdagi Saqillarning doira usullari juda murakkab va keng hajmli bo’lib, 2/4 o’lchovda 24 takt davomida ijro etiladi. Shunga qaramay, Saqillar jozibali va yoqimli kuylardan tashkil topib, tinglovchiga oson yetib boradi.