Selektor
Selektor (lotincha seligo — saralayman, tanlayman) — 1) ma’lum o’zgarmas tok impulslarini sezadigan elektromexanik qurilma. Telefon apparatlari parallel ulangan abonentlar bilan dispetcherlik punkti orasida (ko’pincha, temir yo’l transportida) telefon aloqa o’rnatishda (selektiv aloqada), telesignalizasiya, teleboshqarish, avtomatik boshqarish tizimlarining elektr aloqa zanjirlarida ishlatiladi; 2) sekin neytronlar dastasidan ma’lum energiyali neytronlarni ajratish uchun qo’llaniladigan asbob.