Semarang
Semarang — Indoneziyadagi shahar. Markaziy Yava provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 1,4 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Yava orolining shimol sohilidagi tashqi savdo va baliq ovlash porti. Transport yo’llari tuguni. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, yog’ochsozlik, taxta tilish, to’qimachilik, kema ta’mirlash korxonalari bor. Milliy musiqa asboblari ishlab chiqariladi. Issiklik elektr stansiyasi, universitet bor. Chetga kofe, choy, shakarqand, kauchuk, kopra, tamaki chiqariladi.