Skope universiteti

Skope universiteti, Kirill va Mefodiy nomidagi Skope universiteti — Makedoniyadagi eng yirik universitet. 1949 yil tashkil etilgan. Qishloq va o’rmon xo’jaligi, me’morlik, iqtisodiyot, huquq, elektromexanika, tibbiyot, adabiyot, tabiiy fanlar va matematika, texnologiya bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 28 mingga yaqin talaba ta’lim oladi. Kutubxonasida 500 mingdan ortiq asar bor.