Skott (Scott) Valter

Skott (Scott) Valter (1771.15.8, Edinburg — 1832.21.9, Abbotsford) — ingliz yozuvchisi, tarixiy roman Jan- rining asoschisi. 1799 y.dan Selkirk grafligida sherif, 1806 y.dan sud koti- bi bo’lib ishlagan. Ilk asari — «Ivan oqshomi» (romantik ballada, 1800). Shotland xalq balladalarini to’plab, 3 j.li «shotland hududlari qo’shiklari» to’plamini (1803) nashr etgan. S. 9 do- ston, 26 roman, bir necha qissa hamda adabiytanqidiy va tarixiy asarlar mu- allifi. S.ning 1745 y.da Angliyada ro’y bergan tarixiy voqea — yakobitlar quzg’oloniga bag’ishlangan «Ueverli» romani (1814) unga katta shonshuxrat keltirgan. S. romanlari orasida shotland xalqi hayotidan olingan «Puritanlar» (1816) va «Rob Roy» (1—3j.lar, 1818) asarlari alohida ahamiyatga ega. Agar 1romanida 1660 y.da tarix sahnasiga qayta chiqqan Styuartlar sulolasiga qarshi 1679 y.da ko’tarilgan qo’zg’olon tasvirlangan bo’lsa, «Rob Roy»da «shotland Robin Gudi» — xalq qasoschisi obrazi yaratilgan. S. romanlaridagi Ueverli va Roy Roy ob- razlari, garchand Markaziy qahramonlar xisoblansalarda, aslida birbiri b-n ku- rashayotgan turli siesiy kuchlarni o’zaro bog’lovchi ko’prik vazifasinigina baja- radilar. 1819 y.dan keyin S. ijodida ro’y ber- gan siljish natija I sida yozuvchi asar- larining mavzu doirasi ancha kengaygan. S. | Angliya, Frantsiya, O’rta er dengizi mintaqasidagi mamlakatlar hayotiga ham murojaat etgan. O’rta er dengizi tevara- gida yashovchi xalqlar hayoti S.ning «Tu- mor» (1825) va «graf Robert Parijli» (1832) romanlarida o’z ifodasini top- gan. Angliyaning 12-a. oxiridagi, Fran- tsiyaning Lyudovik XI davridagi tari- XI b-n boglik voqealar esa «Ayvengo» (1—3j.lar, 1820), «Kenilvort» (1—4j. lar, 1823), «Vudstok» (1—3j.lar, 1826), «Pert guzali» (1828) romanlarida kat- ta mahorat b-n talqin qilingan. So’nggi asarlari tarixiy roman janrining shoh namunalari hisoblanadi S. bu asarlari- da Angliya va Shotlandiyada yagona milliy davlatning tashkil topish jarayonini ku- zatish b-n birga (mas, «Ayvengo»da) ja- miyatdagi turli qatlamlarning maishiy va ma’naviy hayotini tasvirlashga (mas, «Kenilvort»da) katta e’tibor bergan. S.ning 20y.lar ijodida tanqidiy realizm ruhidagi «Sentronan soylari» (1—3j.lar, 1824) romanidan tashqari, tarixiy va tarixiy-adabiy mavzuda- gi «Napoleon Bonapart xayoti» (1—9j. lar, 1827), «Shotlandiya tarixi» (1—3j. lar, 1830), «Lord Bayronning o’limi» (1825) singari asarlari muhim o’rin egallaydi. S. tarixiy roman janrining qonunqoidalarini ham joriy etgan. S. boshlab bergan tarixiy roman janri 19-a.ning 2-yarmida Evropa, 20-a. bosh- larida Osiyo xalqlari adabiyotida keng rivoj topdi. Ayrim hikoyalari o’zbek ti- liga tarjima qilingan. As: Sobranie sochineniy, t. 1-20. M.L., 196065. Ad.: Pirson X., Valter Skott, M.. 1983.