Skryabin Konstantin Ivanovich
Skryabin Konstantin Ivanovich (1878.7,12, Sankt-Peterburg 1972.17.10, Moskva) — rus gelmintolog va Pa- razitolog olimi, SSSR FA (1935), Butunittifoq qishloq xo’jalik FA (1935) va tibbiyot FA (1944) akad., Rossiya (1927), Qirg’iziston (1954) va O’zbekistonda (1962) xizmat ko’rsatgan fan arbobi. Mehnat Qahramoni (1958). J Yurev (hoz. Tartu sh., Estoniya) ve- terinariya in-tini tugatgan (1905), Turkiston o’lkasi veterinariya vrachi (1905-11), Novocherkask sh.dagi don ve- terinariya in-ti (1917-20), Moskva ve- terinariya in-ti (1920-72) prof., Dav- lat eksperimental veterinariya in-tida (1920-56) va E.I. Marsinovskiy nomi- dagi tibbiyot parazitologiyasi va tropic tibbiyot in-tida (1921-49) gelmIn- tologiya bo’limi mudiri, Butunittifoq q.x. fanlari akademiyasi gelmintolo- giya lab. mudiri (1942-72), SSSR FA Qirg’iziston filiali Prezidiumi ra- isi (1943-52), Butunittifoq qishloq xo’jalik FA viseprezidenta (1956-61). S. rahbarligida gelmintlar morfo- logiyasi, biol.si, filogeniyasi, siste- matikasi, ekologiyasi, epizootologiyasi va epidemiologiyasiga oid tadqiqotlar o’tkazilgan. S. gelmintlarning 200 dan ortiq yangi turlarini topdi va 120 avlo- dini tavsiflab berdi. U ishlab chiqqan degelmintizasiya va devastasiya ta’li- motlari odam va q.x. hayvonlari gel- mintozlariga qarshi kurashda asos bo’lib hisoblanadi. O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda gelmintologiya FTIning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. S. O’zbekistonda bir qancha gelmintologik ekspedisiyalar uyushtirgan; gelmintolo- giya lab.lari tashkil etgan; O’zbekistonda ko’plab etuk gelmintolog mutaxassis- lar (M.A.Sultonov, al.To’laganov, Sh.A. Azimov, E.h.Ergashev, N.M. Matchonov, va b.) tayyorlagan. Moskvadagi Ros- siya gelmintologiya inti, Bishkekdagi Qirg’iziston q.x. in-ti va Samarqanddagi O’zbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot in-tiga S. nomi berilgan.