Slaneslar
Slaneslar — turli xil tarkib- dagi metamorfik tog’jinslari. Tarki- biga kiruvchi jinslar deyarli parallel holda joylashgan cho’ziq yoki varaqsimon minerallar majmuidan iborat bo’lgani uchun yupqa varaqlarga oson ajraladi. Re- gional metamorfizm darajasiga ko’ra, S. 2 yirik guruhga ajratiladi: kuchsiz me- tamorflashgan tog’jinslari — gilli S. va chuqur metamorflashgan kristalli S. Gilli S. ko’proq gilli minerallar, gi- droslyudalar, ba’zan montmorillonit- dan tarkib topgan bo’ladi. Kristalli S. orasida tarkibidagi minerallar (slyu- dalar, amfibollar, dala shpatlari va kvars)ga ko’ra, slyudali S.ga (biotitli, muskovitli, ba’zan paragonitli) ajrati- ladi; bu S.da dala shpatlari va kvarsning ortishi b-n gneyslarga, amfibolitli S.da amfibolshyalarga aylanadi. Ba’zan kristalli S. tarkibidagi nisbatan kam uchraydigan mineral nomi b-n ataladi: granitli, stavrolitli, kainitli S. va h.k. Fillitlar, xloritli S. va yashil S. gilli va kristalli S. oralig’idagi tog’jinslaridir, yuzaroq chuqurliklarda yashilslanes fasiya deb ataladigan sha- roitda metamorfizmga uchragan, ular- ning tarkibida, slyudalardan tashqari, yashil rangli minerallar (xlorit, epi- dot va turli amfibollar) ko’p. Yashil S. cho’kindi va vulkan jinslaridan hosil bo’ladi. Mukammal qavatqavatlangan gilli S. tomlarni yopishda ishlatila- Di. Gneyslarga yaqin bo’lgan kristalli Sdan kurilish materiali, olovbardosh mahsulotlar i. ch.da xom ashyo sifati- da foydalaniladi. Organik moddalar b-n boyigan gilli S. yonuvchi slaneslar sifatida qo’llaniladi. Qora rangli va tarkibida vanadiy, fosfor, bor kabi mikroelementlar bo’lgan S. qishloq xo’jaligida tabiiy o’g’it sifatida ish- latiladi. O’zbekistonning Zirabuloq, Ziyovuddin, Nurota, Qizilqum, Sulton Uvays tog’larida S. keng tarqalgan. S.ni o’rganish ular b-n bog’liq foydali kazil- malarni topishga imkon beradi.