Skobelev Mixail Dmitrievich

Skobelev Mixail Dmitrievich (1843.17.9, Sankt-Peterburg — 1882.25.6, Moskva) — Rossiya imperi- yasining Turkistondagi bosqinchilik urushlarida faol ishtirok etgan rus harbiy arbobi, infanteriya generali (1881). Bosh shtab akademiyasini tugatgan (1868). 1869 y.da O’rta Osiyoga kapitan unvoni b-n kelib, 8 yil ichida general- mayor unvoni b-n Rossiyaga kashtan. S. Xiva xonligini bosib olish (1873) va «Po’latxon» qo’zg’oloni (1873— 76)ni bostirishda K.P.Kaufmannnng eng yaqin yordamchilaridan biri bo’lgan. Andijon- ni vayron qilib aholisiga 3300 rubl tovon to’latgan. Qo’qon xonligi tugatil- gach, 1876 i. 19 Fev.da tashkil qilingan Farg’ona viloyatining birinchi harbiy gubernatori. S. tomonidan viloyat Mar- kazi Qo’qon sh.dan yangi Marg’ilonga ko’chiriladi. Turkistonda podsho Ros- siyasining mustamlakachilik siyosati- ni joriy qilishda qat’iy faollik ko’rsatgan. RossiyaTurkiya urushi (1877— 78) qatnashchisi. Axaltaka harbii yurish – lari paytida 2Axaltaka ekspedisiyasiga rahbarlik qilgan. Ko’ktepa (Geoktepa) qal’asi va Dengiltepa rus askarlari tomonidan egallangach (1881 y. 12 yanv.), S.ning buyrug’i b-n tirik qolgan bar- cha qal’a aholisi: 45000 kishi (ayollar, kariyalar, bolalar) yoppasiga qirib tash- langan, ularning molmulki talangan va Ko’ktepa er b-n yakson qilingan. S. ashad- diy shovinist va mustamlakachi sifatida Turkistondagi tub xalqlarga past nazar b-n karagan. S. hakdtsa mahalliy aholida nafratli xotiralar sakdanib qolgan. S. 1882 y.da Sankt-Peterburgda fojiali o’ldirilgan. Farg’ona viloyatining ma’- muriy markazi bo’lgan yangi Marg’ilon (xoz. Farg’ona) sh. 1907-1924 y.larda S. nomi b-n atalgan. Ad.: O’zbekistonning yangi tarixi, 1kitob [Turkiston Chor Rossiyasi mu- stamlakachiligi davrida], T., 2000.