Ryabichev Dmitriy Borisovich

Ryabichev Dmitriy Borisovich (1926.1.9, Malin, Ukraina — 1995.25.4) — haykaltarosh, O’zbekiston (1976) va Rossiya Federatsiyasi (1978) xalq rassomi. Leningrad muhandislik qurilishi instituti (1949) va Moskva badiiy sanoat bilim yurti (1954) ni tugatgan. Asosan haykaltaroshlikning monumental yodgorlik sohasida ijod qiladi, asarlarida kompozitsion yaxlitlik, shakl ifodaliligi va ulug’vorlikka erishgan: «Vladimir shahrining 850 yilligi» (bronza, 1959, Vladimir shahrida), «Oybek» (granit, 1971, Toshkent), «jasorat» (bronza, granit, 1976, Toshkent), «xalqlar do’stligi» (bronza, granit, 1982, Toshkent) va boshqa monument va yodgorlik haykallarning muallifi. Hamza nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti laureati (1964).