Ro’ziyev Sobirjon Sobitovich
Ro’ziyev Sobirjon Sobitovich (1953.15.6, Qirg’iziston, Moskva tumani) — qilichboz, xizmat ko’rsatgan sportchi (1978). Qilichbozlikning rapira turi bo’yicha 3 karra jahon chempioni (1974, Grenobl; 1979, Melburn; 1981, Klermon-Ferran), 3 marta jahon kubogi g’olibi (1974, 1975, 1977, Bonn), 2 marta Jovanini kubogida g’olib chiqqan (1974, Bolonya; 1979. Venetsiya), olimpiada kumush medali sovrindori (1980, Moskva). Ro’ziyev O’zbekiston jismoniy tarbiya institutini (1975), ToshDUning yuridik fakultetini (1986) tugatgan. Qurolli Kuchlar xarbiy xizmatchisi (1974 -92). O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi raisi (1992-95), O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiada qo’mitasi prezidenti (1995-2003). O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi prezidenti (2003 yildan). Ro’ziyev Xalqaro Olimpiada qo’mitasining kumush ordeni (1998), Milliy Olimpiada qo’mitalari assosiasiyasi oltin ordeni (2002) bilan mukofotlangan.