Rus-yapon urushi
Rus-yapon urushi (1904-1905) — Uzoq Sharqda hukmronlikni qo’lga olish uchun Rossiya bilan Yaponiya o’rtasidagi urush. Koreya va Xitoyni bo’lib olishga intilgan davlatlar o’rtasidagi kurash natijasida kelib chiqqan. Yaponiya tomonidan boshlangan. 1904 yildagi asosiy voqealar: yapon flotining Portarturga hujumi; Portartur mudofaasi, Rossiyaning yalu, Lyaoyan, shaxe daryolaridagi janglarda yengilishi; 1905 yildagi voqealar: Mukdenda rus armiyasi, Susimada rus flotining tor-mor etilishi. Urush AQSh vositachiligida Portsmut sulh shartnomasi (1905.18.5) bilan yakunlangan. Shartnomaga binoan, Rossiya Koreyani Yaponiyaning ta’sir doirasida deb e’tirof qilgan, Saxalinning Janub qismi Yaponiyaga o’tgan. Yaponiya Lyaodun yarim orolidan (Portartur va Dalniy bilan birga) ijaraga foydalanish huquqini olgan. Rossiya uchun og’ir mag’lubiyat, katta qurbonlar olib kelgan. Rus-yapon urushi 1905-07 yillar inqilobi boshlanishini tezlashtirgan.