Rustamov Boboqul

Rustamov Boboqul (1928.20.10— Samarqand — 2004.10.3) — terapevt va parazitolog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1989), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach (1968), tibbiyot fanlari Doktori (1968), professor (1968). SamTIni tugatgan (1948). Shu institut gospital terapiya kafedrasida ordinator (1948-51), assistent (1951— 55), dotsent (1957-68), ilmiy ishlar bo’yicha prorektor (1964-66), tibbiyot parazitologiyasi ilmiy tadqiqot instituti direktori (1966-75), SamTI gospital terapiya kafedrasi mudiri (1977-95), 1995 yildan professor. Ilmiy ishlari gastroenterologiya va parazitologiyaning dolzarb masalalariga bag’ishlangan. Gipertoniya kasalligida me’da va me’da osti bezining funktsional o’zgarishlarini tadqiq qilgan.