Rumshevich Leonid Vladimirovich
Rumshevich Leonid Vladimirovich (1905.13.5, Peterburg — 1953.30.5, Toshkent) — selektsioner olim. O’rta Osiyo paxtachilik va ipakchilik institutini tugatgan (1932). Soyuznixi Markaziy selektsiya stansiyasining «Paxtaliko’l» tayanch punkti mudiri (1932— 37), SoyuzNIXI ning Farg’ona qishloq xo’jaligi tajriba stansiyasi (hozirgi O’zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining L. V. Rumshevich nomidagi Andijon filiali)da ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari va ayni vaqtda g’o’za selektsiyasi bo’limi mudiri (1938-53). Ilmiy faoliyati g’o’za selektsiyasiga bag’ishlangan. Rumshevich serhosil, viltga chidamli yuqori texnologik ko’rsatkichlarga ega bo’lgan o’rta tolali g’o’za navlari (108F, 137F, 147F, 152F, 153F, 159F) ni yaratdi. U yaratgan 108F navi jahon paxtachiligida eng yaxshi hosildor, kasalliklarga chidamli va yuqori sifatli tola beradigan nav sifatida qabul qilingan va hozir ham ko’pgina mamlakatlar (Suriya, Xitoy, Eron, Afg’oniston va boshqalar)da ekiladi.