Rudzutak Yan Ernestovich
Rudzutak Yan Ernestovich [1887.3 (15).8, Kurlyandiya guberniyasi Goldingensk uezdi (hozirgi Latviya) — 1938.28.7, Moskva] — Turkistonda bolshevikcha rejimni mustahkamlashda qatnashgan sovet siyosatchilaridan biri. RKP (b) MK Turkbyuro raisi (1921 yil mart— oktabr), RKP(b) MK O’rta Osiyo byurosi raisi (192223), RKP(b) MK kotibi (1923 yil aprel — 1924 yil may). G.K.Orjonikidze bilan birgalikda Turkbyuro o’rnida O’rta Osiyo byurosi (Sredazbyuro) tuzilishining tashabbuskori. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) hukumati tarkibidan milliy rahbar xodimlarni chiqargan va Buxorodan surgun qildirgan (1923 yil iyun). BXSR va XXSR ni sovetlashtirish jarayoniga rahbarlik qilgan. Keyinchalik SSSR temir yo’llar xalq komissari (192430), SSSR XKS hamda SSSR Mehnat va mudofaa kengashi raisining o’rinbosari (1926-37). Sovet rejimiga sadoqat bilan xizmat qilsa ham qamoqqa olingan (1937 yil 24 may) va otib tashlangan.