Rio-Negro

Rio-Negro (ispancha — qora daryo) — Argentinadagi daryo, Patagoniyaning shimoliy qismida. And tog’larining Sharqiy yon bag’ridan boshlanuvchi Neuken va Limay daryolarining qo’shilishidan hosil bo’lgan. Uzunligi Neuken irmog’i boshlangan joyidan 1300 kilometr, havzasining maydoni 146 ming km2. Patagoniyaning qurg’oqchil tekisliklaridan oqib o’tib, Atlantika okeaniga quyiladi. O’rtacha suv sarfi 950 m3/sek. Yoz boshlarida toshadi. Ayrim qismlarida kema qatnaydi. GES, suv omborlari qurilgan.