Riflar
Riflar — sayoz joylarda dengiz tubining suv ostidagi yoki suv yuzasidan ko’tarilib turgan balandliklari. Dengiz tubidagi qoyalar yoki qirg’oqlarning yemirilishidan, marjon qurilmalaridan, ohakli suvo’tlar qoldiqlaridan hosil bo’ladi. Riflar, asosan, ekvatorial va tropik dengizlarda, suv temperaturasi 20° dan yuqori bo’lgan, kuchli to’lqinlar bo’lmaydigan hududlarda tarqalgan. To’siq Riflar, qirg’oq Riflar, halqasimon Riflar (atollar) ajratiladi. Avstraliyaning shim.Sharqiy qirg’og’i yaqinidagi uzunligi 200 kilometrli katta to’siq rifi eng katta rifdir.