Rixter (Richter) Berton
Rixter (Richter) Berton (1931.22.3, Nyu-York) — amerikalik fizikek-sperimentator. Massachusets texnologiya institutini tugatgan (1952). 1956 yildan Stanford universitetida ishlagan (1967 yildan professor). Ilmiy ishlari — yuqori energiyalar va elementar zarralar fizikasi, tezlatkichlar texnikasiga oid. S. Tingtshya mustaqil tarzda psizarrani kashf etgan (1974). Nobel mukofoti laureati (1976; S. Ting bilan birgalikda).