Rosario, Rosario-de-Santa-Fe
Rosario, Rosario-de-Santa-Fe — Argentinadagi shahar, Santafe provintsiyasida. Aholisi 906 ming kishi (2001). Transport yo’llarining yirik tuguni. Rosariodan Panamerika shossesi o’tgan. Parana daryosi bo’yidagi yirik port. Dengiz kemalari ham kira oladi. Chetga g’alla, go’sht, jun chiqariladi. Aeroport bor. Oziq-ovqat sanoatining yirik korxonalari, tsement, g’isht zavodlari, ko’npoyabzal, to’qimachilik va boshqa korxonalar ishlab turibdi. Milliy universitet, kutubxona, tarix muzeyi, nafis san’at muzeyi bor. Shaharga 1730 yilda asos solingan.