Ross (Ross) Ronald
Ross (Ross) Ronald (1857.13.5, Al- Mora, Hindiston — 1932.16.9, London) — angliyalik parazitolog, mikrobiolog va vrach. London Qirollik jamiyati a’zosi. Londondagi tibbiyot maktabini tugatgan (1879). 188199 yillarda Hindistonda ishlagan. Bezgak chivinini o’rganish bo’yicha G’arbiy Afrikaga uyushtirilgan ingliz tibbiyot ekspeditsiyasi rahbari (1899), 1926 yildan tropik kasalliklar instituti direktori. Bezgaknp anofeles urug’iga mansub chivinlar tarkatishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1902).