Rostgo’ylik

Rostgo’ylik — rostini, haqiqatni gapirishni, o’zini va o’zgalarni aldamaslikni anglatuvchi tushuncha; to’g’riso’zlik. Rostgo’y kishi haqiqiy ahvol haqida to’g’ri ma’lumot beradi, qusur va kamchiliklarni tan oladi, yuz berayotgan voqea va hodisalarga xolisona baho beradi. Rostgo’ylik jamiyatning barqarorligi va jamiyat a’zolari o’rtasidagi ishonchni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu sababli u har bir insonning ajralmas xususiyati bo’lmog’i lozim. Qur’oni Karim va hadislarda rostgo’y bo’lishga, haq so’zni so’zlashga da’vat etiladi, Rostgo’ylik ezgulikka boshlovchi fazilat sifatida baholanadi.