Rumb
Rumb (inglizcha rhumb — aylanma harakat) — dunyo tomonlari (G’arb, Sharq, shimol va janub)ga nisbatan ko’rinma ufq nuqtalariga qaragan yo’nalish yoki shunday 2 yo’nalish orasidagi burchak. Navigasiyaia kemalar, samolyotlar va boshqalar yo’lini yoki mayoq, burun va hokazolarga tomon yo’nalishni, meteorologiyada shamol yo’nalishini, okeanografiyada dengiz oqimlari, to’lqinlari va muzlarning suzib yurishi yo’nalishini belgilash uchun ishlatiladi. Dengiz navigatsiyasida ko’rinma ufq aylanasi 32 Rumbga (ikki Rumb orasidagi burchak 1G15’ga teng), Meteorologiyada hamma ufq 16 Rumbga bo’linadi. Bundagi shimol, Sharq, G’arb va janub yo’nalishiga mos kelgan Rumb bosh Rumblar deyilib, lotincha N, E, W, S harflar bilan belgilanadi. Geodeziyada biror belgilangan yo’nalishning geografik meridian bilan hosil qilgan va 0 dan 90° gacha bo’lgan burchagi ham Rumb deyiladi.