Rokfellerlar

Rokfellerlar — AQShdagi eng yirik moliya-sanoat guruhlaridan biri. 1870 yilda jon Rokfeller (1839-1937) «Standart oyl» kompaniyasini tuzib, 19- asr oxirida neft sanoati va savdosini monopoliya qilib olishi asosida yuzaga keldi. 20-asrning 20-yillarida AQShdagi yirik monopolistik guruhlar ichida Morganlarish so’ng 2-o’rinni egalladi. 1970 yil boshiga kelib Rokfellerlar nazoratidagi aktivlar 124,6 milliard dollarga yetdi. Rokfellerlarning hozirgi moliya-sanoat guruhi o’zagini «ekson» neft monopoliyasi (aktivi 1973 yilda 36,8 milliard dollar) va «Cheyz Manxet ten bank» tijorat banki tashkil qiladi. Rokfellerlar guruhi ko’pgina moliya-kredit muassasalariga ega. Mashinasozlik, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarining bir qancha korxonalari ularning tasarrufida. Rokfellerlar boshqa moliyaviy guruhlar bilan birgalikda bir qancha yirik sanoat korporatsiyalari va banklarni nazorat qiladi. Rokfellerlar AQSh ning siyosiy hayotida ham muhim rol o’ynaydi.