Rkasiteli, Mamali Rkasiteli, Dedali Rkasiteli
Rkasiteli, Mamali Rkasiteli, Dedali Rkasiteli — o’rta yerdagi va eng ko’p tarqalgan vinobop gruzin uzum navi. Qora dengiz havzasi ekologik-geografik navlar guruhiga mansub. Gruziya, Armaniston, O’zbekiston, Tojikiston, Qozog’iston, Ukraina, Moldaviya va boshqa joylarda ekiladi. Barglari o’rtacha, to’garak shaklda, 5 bo’lmali. Guli 2 jinsli. Uzum boshi o’rtacha, g’ujumi oval shaklda, oltinrang-sariq, quyosh nuri tegadigan tomoni jigarrang tus oladi. Po’sti yupqa, tarang. Eti suvli, tarkibida 25-28% qand, 6,85% kislota bor. Kurtagi bo’rtgandan keyin faol harorat yig’indisi 3000°-3100° da 150 kunda to’la pishib etiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Sovuqqa chidamli. Hosildorligi 150-200 ts/ga (eng yuqori hosildorligi 368 ts/ga). Uzumidan ovqat ustida ichiladigan yengil, shampan, kuchli va desert vinolar tayyorlanadi. Konyak uchun xom ashyo sifatida foydalaniladi. 1959 yildan O’zbekistonning barcha viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.