Rodiy

Rodiy (Yunoncha rhodon — atirgul; lotincha Rhodium), Rh — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Platina guruhidagi metallar turkumiga kiradi. Tartib raqami 45, atom molekulasi 102,905. 1 ta barqaror izotopi (l03Rh) bor. Uran yemirilganida Rodiyning massa sonlari 95 dan 110 gacha bo’lgan bir necha izotopi hosil bo’ladi. Rodiyni ingliz kimyogari Vollaston 1803 yilda metal holida ajratib olgan. Rodiy Yer po’stining massa jihatidan 110″7% ini tashkil qiladi, u tabiatda platina va platina guruhdtsagi metallar bilan birga uchraydi. Kumushsimon-ko’kish rangli, korroziyaga chidamli qattiq metall. Suyuqlanish temperaturasi 1960°, qaynash temperaturasi 4500° ga yaqin, zichligi 12,42 g/sm3. Rodiy kimyoviy jihatdan juda barqaror. Faqat laqqa cho’g’ holida metallmaslar bilan reaktsiyaga kirishadi. Havoda 1000° da oksidlanib, Rh2O3 ga o’tadi. Rodiy hech qaysi kislotada va kislotalar aralashmasida erimaydi. Birikmalarida 2, 3, 4, 5 va 6 valentli bo’ladi. Ko’pincha 3 valentli. Uning RhF3, RhCl3 Rhl3 tarkibli galogenidlari, Rh(OH)3H2O tarkibli gidrooksidi, Rh2S3, Rh3S4, Rh9Sg, Rh(HS)3 tarkibli sulfidlari, Rh(NO3)3 2 H2O, Rh2(SO4)3 15H2O tarkibli tuzlari ma’lum. Rodiy platina affinajida hosil bo’ladigan mahsulotlardan olinadi. Rodiyning platina bilan qotishmasi katalizator sifatida, termoparalar, kimyoviy jihozlar va boshqa tayyorlashda ishlatiladi, Rodiy projektor va reflektorlar yasashda, elektr kontaktlar tayyorlashda ham qo’llanadi. Rodiy tuzlaridan tibbiyotda, chinni sirlari uchun kora bo’yoq olishda foydalaniladi.