Rentgenoskopiya
Rentgenoskopiya (rentgen va … skopiya), flyuoroskopiya — ob’ektning rentgen tasviri rentgenoskopik ekranda kuzatiladigan rentgenologik tadqiqot; rentgeno-diagnostikaning asosiy usullaridan biri. Odatdagi Rentgenoskopiya qorong’i xonada olib boriladi. Televizion Rentgenoskopiyada tasvir elektronoptik o’zgartirgich bilan kuchaytirilib, televizionekranga uzatiladi. Ko’p hollarda Rentgenoskopiya rentgenografiya bilan birga qo’llanadi. Rentgenoskopiyada organlarni harakatda va har xil proektsiyada osongina kuzatish mumkin. Mayda detallarni aniqlashda rentgenografiya usuli Rentgenoskopiyaga qaraganda afzalroqdir.