Ressora
Ressora (Fransuzcha ressor — qayishqoqlik) — transport mashinalari (avtomobil, vagon, traktor va boshqalar)da yo’lning notekisligidan hosil bo’ladigan silkinishlarni yumshatib beradigan qayishqoq (elastik) moslama. Metall, gidravlik va pnevmatik xillari bor. Metall Ressora keng tarqalgan; u listli, prujinali va torsion xillarga bulinadi. Listli Ressora turli uzunlikdagi maxsus pulat polosalardan yasaladi. Asosan, avtomobil, traktor, vagon va boshqalarda ishlatiladi. Prujinali Ressora vintsimon tsilindrik prujinalardan iborat. Yengil avtomobillar, temir yo’l transporti va boshqalarda ishlatiladi. Torsion Ressora uzun elastik po’lat sterjendan iborat; u buralishga xizmat qiladi. Vir uchi ramaga mahkamlanadi, ikkinchi uchi ramadagi maxsus vtulkadan o’tkaziladi. Shu uchidagi richag g’ildiraklardan tushadigan kuchlarni ramaga yumshatib o’tkazadi. Asosan, avtomobillarning old g’ildiraklariga o’rnatiladi. Gidravlik Ressorada suyuklik tsilindrning bir bushlig’idan ikkinchi bo’shlig’iga kalibrlangan teshik orqali o’tadi. Pnevmatik Ressorada gaz yoki havoning qayishqoqlik xususiyatidan foydalaniladi.