Reyms

Reyms — Frantsiyaning shimoliy Sharqiy qismidagi shahar. Marna Departamentida. Aholisi 191,3 ming kishi (1999). Transport yo’llarining muhim tuguni. Kanallar orqali Marna va ena daryolari bilan bog’langan. Mamlakatning movut sanoati va shampan vinolari ishlab chiqariladigan markazi. Mashinasozlik (ayniqsa, uyro’zg’or elektr priborlari ishlab chiqarish), oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Me’moriy yodgorliklaridan 2-asrga oid obidalar va 11 —18-asrlarda ko’rilgan Santremi abbatligi, Notrdam gotika sobori va boshqalar saqlangan. Shahar miloddan avvalgi bunyod etilgan, dastlab Durokortorum, keyinroq Remi deb atalgan. Reymsda 19-asr o’rtalarigacha frantsuz qirollariga toj kiydirish marosimlari o’tkazilgan.