Reyn

Reyn — G’arbiy Yevropadagi eng katta daryolardan biri, Shveytsariya, Lixtenshteyn, Avstriya, Frantsiya, Germaniya, Niderlandiya hududlaridan oqib o’tadi. Uzunligi 1320 kilometr, havzasining maydoni 224,4 ming km2. Alp tog’laridan boshlanib, Boden ko’lidan oqib o’tgach, yura va Shvarsvald tizmalarini kesib o’tadi. So’nfa Yuqori Reyn pastgekisligi bo’ylab oqadi va o’rta qismida tor vodiy orqali Reyn slanesli tog’larini kesib o’tib, O’rta Yevropa tekisligiga chiqadi. Shimoliy dengizga murakkab Delta hosil qilib quyiladi. Yuqori qismida bahor — yoz oylarida, o’rta va quyi qismlarida yil davomida sersuv. Yillik o’rtacha suv sarfi 2500 m3/sekund, yillik suv oqimi 79 km3. Reyn — G’arbiy Yevropaning muhim xalqaro suv magistrali. Quyi oqimida yiliga 100 million tonna hajmda yuk tashiladi. Bazel shahridan boshlab 952 kilometr masofada va Boden ko’lida muntazam kema qatnaydi. Reyn havzasidagi suv yo’llarining umumiy uzunligi 3000 kilometr chamasida. Kanallar orqali Rona, Marna, Vezer, EMS, Elba daryolari bilan tutashgan. GESlar qurilgan. Reyn bo’yida Bazel, Strasbur, Mangeym, Mayns, Bonn, Kyoln, Dyusseldorf, Duysburg shaharlari, deltasida Rotterdam dengiz porti joylashgan.