Reynolds soni

Reynolds soni — statsionar oqayotgan bir qancha suyuqlik (gaz) lar oqimlarining o’xshashlik mezonlaridan biri; suyuqlik kinetik energiyasini ishqalanish kuchini yengishdagi bajarilgan ishga nisbatini ifodalaydigan o’lchamsiz kattalik. Reynolds soni suyuqlikning inersiya va ichki ishqalanish kuchlari orasidagi munosabatni aniqlaydi. Ko’pgina hollarda statsionar oqayotgan suyuqliklar uchun Reynolds soni bir xil qiymatga ega bo’lsa, bunday suyuqliklar Gidromexanik o’xshash suyuqliklarni tashkil etadi. Gidrodinamik o’xshash suyuqliklarda oqim tasnifi ham, albatta, bir xil bo’ladi. Bu qonundan kemasozlik va samolyotsozlik sanoatida keng foydalaniladi. Kema va samolyotlar asl nusxasini sinovdan o’tkazish o’rniga ularning kattaliklari bir necha marta kichraytirilgan modellarni sinovdan o’tkazib tegishli xulosa chiqariladi. Ingliz fizigi va muhandisi O. Reynolde (1842-1912) sharafiga qo’yilgan.