ASAL SIRKASI
ASAL SIRKASI — asal idishlari yuvindisidan tayyorlanadigan sirka. Asal sirkasi lazzatli, undan asalning xushbo’y hidi keladi. Asal sirkasini tayyorlash: 10 litr yuvindi sharbatga achitqi va qattiq non burdalari solinadi, aralashtirib, iliq joyga qo’yiladi. Bijg’ish tugagach, tindirib shisha idishlarga quyiladi. Shuningdek, asal sharbatiga vino va qora non burdalarini qo’shib (1:1) ham sirka tayyorlash mumkin. Asal sirkasi oziq ovqat sifatida oddiy sirka qatorida ishlatiladi.