Ramazonov Sharif Abdullayevich
Ramazonov Sharif Abdullayevich (1910.16.6, Xiva tumani Gandimiyon qishlog’i — 2002.3.7, Toshkent) — kompozitor, pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1952), O’zbekiston xalq artisti (1970). Urush qatnashchisi (1941-45). Samarqand musiqa va xoreografiya institutini tugatgan (1930). 1933-54 yillarda Toshkent, Urganch va Namangan musiqali teatrlarida dirijyor va badiiy rahbar, ayni paytda Xorazm (193638) va Namangan (1948— 54) viloyatlari madaniyat boshqarmasi boshlig’i. O’zbekiston davlat estrada teatri badiiy rahbari (1954-58), O’zbekiston estrada orkestri tashkilotchisi va badiiy rahbari (1958-60), Toshkentdagi 1-son musiqa maktabi direktori (1960-87). «Xolisxon» (Majidiy, 1936), «Shohsanam» (S. Abdulla, 1938), «Asl farzand» (A. Ahmadiy, 1947), «»Hayot chaqirig’i» (S. Abdulla, 1958) va boshqa musiqali dramalarning musiqasi, «Serquyosh O’zbekiston», «Xorazmcha» kabi simfonik syuitalar, «mard paxtakorlar» kantatasi, «Mirzacho’l» uvertyurasi va boshqa asarlar muallifi. Shuningdek, uning ijodida qo’shiq katta o’rin tutadi: «Intizorman», «Shax/io ko’zim», «Yor kelur», «Dilrabo», «O’zbekiston» va boshqalar. O’zbek xalq qo’shiqlarini estrada uslubida qayta ishlagan («Namanganning olmasi», «Ey, mehribonim» va boshqalar).