Radiotelegraf aloqa
Radiotelegraf aloqa — telegraf aloqaning xabarlar (telegrammalar) radioto’lqinlar yordamida uzatiladigan turi. Dastlab (20-asrning 1-choragi) xabarlar telegraf kodidan foydalanib uzatilgan. Radiotelegraf aloqada qo’llanilgan apparatlar kam quvvatli uzatkichlar va qabul qilgichlardan iborat bo’lgan. Keyinchalik tezkor avtomatik uzatkich — transmitterlar va elektromexanik qayd qilish qurilmalari — ondulyatorlardan foydalanilgan. Harf teruvchi telegraf apparatlari yaratilganidan, radioaloqa va telegraf aloqa takomillashganidan, Yer sun’iy yo’ldoshlaridan foydalana boshlanganidan so’ng Radiotelegraf aloqa ham ancha takomillashli. Simli telegraf aloqadan farqli ravishda Radiotelegraf aloqa qo’shimcha oraliq apparatlardan foydalanmagan holda xabarlarni uzoq masofalarga uzatishga imkon beradi. Uning yordamida harakatlanib turgan ob’yektlar (samolyotlar, kosmik kemalar va boshqalar) bilan aloqa o’rnatish mumkin.