Radioo’lchashlar

Radioo’lchashlar — Radiotexnik qurilmalarning infratovush va o’ta yuqori chastotalar diapazonidagi ishini ifodalovchi elektr, magnit va elektromagnit kattaliklarni hamda ularning nisbatlarini o’lchash. Radioo’lchashlar radiotexnika va elektronika bilan bir davrda paydobo’lgan. Radioo’lchashlar elektr kattaliklarni o’lchash usuliga asoslanadi. Radioo’lchashlar elektr o’lchanadigan kattaliklarning ko’pligi va chegarasining kengligidir (masalan, kuchlanish bo’yicha 10 s— 103 V, quvvat bo’yicha 10~16 — 108 Vt, chastota bo’yicha 10~4— 1012Gs). Radioo’lchash usullarining qo’llanish sohalari: elektr va radioelementlar parametrlarini o’lchash; yarimo’tkazgichli va elektrvakuum elementlar, asboblar va qurilmalarning ish rejimini aniqlash; elektron va radiotexnik qurilmalarning tafeilotlarini o’rganish; radioo’lchash asboblarini, radiotexnik bloklar, qurilmalar va tizimlarni darajalash hamda kalibrlash (vattmetrlar, radiopriyomniklar va boshqalar). Ishlatilishiga qarab, laboratoriyada, ishlab chiqarishda va dala sharoitlarida foydalanadigan xillarga bo’linadi. Laboratoriyada foydalaniladigan Radioo’lchashlar usullari parametrlarni juda aniq o’lchashi bilan farq qiladi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan ishlab chiqariladigan buyumlar parametrlarini nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Dala sharoitida turli radiotexnik qurilmalar yoki atrof muhit parametrlarini operativ tekshirish va o’lchashda foydalaniladi. Vazifasiga qarab, Radioo’lchashlar kuchlanish, quvvat, chastota va fazalarning siljishini o’lchaydigan xillarga bo’linadi. Noelektr kattaliklar (chiziqli o’lchamlar, temperatura, bosim va boshqalar)ni Radioo’lchashlar usuli bilan aniqlashda radioo’lchash asboblari turli o’zgartirgichlar bilan birgaklida qo’llaniladi. Radioo’lchashlar radioaloqa, televidenie, radiolokatsiya, avtomatika vositalari, hisoblash texnikasi, diagnostika texnikasi apparatlarini ishlab chiqishda, ishlatishda, shuningdek, elektron asboblar hamda elementlarni tayyorlashda qo’llaniladi. Radioo’lchashlar usullaridan fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, geologiya va boshqa sohalarida foydalaniladi.