Asas

Asas (turkiycha) — hukmdor saroyi, qarorgohi yoki lashkargohi posboni, tungi soqchi. Alisher Navoiy asarlarida faol qo’llanishda bo’lgan; «oqibat bir kun asaslar bordilar va ani zindondin band bila sudrab chiqardilar» («Mahbub ul-qulub», 79).