Radiotelefon
Radiotelefon — abonentlar (so’zlashuvchilar)ni kabelsiz radio orqali ulaydigan telefon. Bir necha turi bor: 1) shaxsiy Radiotelefon — uzatish uzoqligi 150-200 metrgacha («o’yinchoq») va 2 — 10 kilometrgacha («uoki — toki») bo’lgan oddiy ko’chma uzatuvchiqabul qiluvchi qurilma va 40-50 kilometr oraliqda Radiotelefon aloqa o’rnatiladigan ancha kuchli (avtomobilga o’rnatiladigan va muqim Radiotelefon; 2) «simsiz» Radiotelefon — asosiy telefon apparati radiokanal bilan bog’langan telefon apparat; bunda abonent asosiy telefon apparatidan bir necha yuz metr masofada bo’lishi mumkin; 3) «radiouzaytirgichlar» — biri abonentda, ikkinchisi avtomatik telefon stansiyada bo’lgan 2 ta qabul qiluvchi-uzatuvchi qurilmadan iborat; bunda aloqa qilish uchun abonentga ma’lum radiochastota ajratiladi yoki abonent shaxsiy telefon apparatining qabul kiluvchiuzatuvchi uskunasi bilan ulangan bo’ladi; 4) uyali telefon tarmoqlari; bunda abonent uzatuvchiqabul qiluvchi jamoa tarmogi qamrab olgan barcha hudud bo’yicha aloqa qila oladi.