Qo’sh, muqobila
Qo’sh, muqobila (qarama-qarshi, o’zaro monand) — mahalliy me’morlik tarixida majmua yaratish uslubi; 14-asrdan O’rta Osiyoda keng qo’llaniladi. Qo’sh uslubida bunyod etiladigan majmuada 2 bino bosh tarzlari bilan bir-biriga ro’baro’ quriladi: ko’hna Urganchdagi Najmiddin Kubro va Sulton Ali maqbaralari; Samarqand Registonidagi Ulug’bek va Sherdor madrasalari va boshqalar. Samarqanddagi Bibixonim ulkan me’moriy majmuasidagi Amir Temur jome masjidi va Bibixonim madrasasi 1399-1404 yillarda qurilgan; Buxorodagi Ulug’bek va Abdulazizxon madrasalari mos ravishda 1417 va 1652 yillarda bunyod etilgan va boshqalar. Qo’sh uslubida majmualar tuzish O’rta Osiyo me’morligi (shaharsozligi)da katta badiiy mujassamot ahamiyatiga ega bo’lgan.