Qo’shdumlilar

Qo’shdumlilar — tuban birlamchi qanotsiz hasharotlar turqumi. 200 ga yaqin turi ma’lum. Afrika, Janubiy Amerika, Rossiyaning Yevropa qismi o’rta mintaqasi, Ukraina, Kavkaz, O’rta Osiyo va boshqa joylarda tarqalgan. Tanasi oq yoki sarg’ish, bir necha millimetrdan 50 millimetrgacha. Boshi yumaloq, mo’ylovlari uzun, ko’zi yo’q, og’iz apparati kemi — oddiy ikkita ayrisimon o’simtasi (ayrimlarida ko’p bo’g’imli, uzun; ba’zilarida ombirsimon) bo’ladi. Qo’shdumlilar nam tuproqda va chiriyotgan o’simlik qoddiqlari orasida yashaydi. Ko’pchiligi yirtqich, ba’zilari hayyun qoldiqlari va boshqalar bilan oziqlanadi. Lichinkasi metamorfozsiz rivojlanadi. O’rta Osiyo faunasida Qo’shdumlilarning bir necha turi, jumladan, eng yirik Qo’shdumlilar — yapiks Duks (uzunligi 40 metrdan kattaroq) uchraydi.