Qorako’l

Qorako’l — Pomirning shimoliy qismidagi oqmas ko’l (Tojikiston Respublikasida). Maydoni 380 km2, uzunligi 33 kilometr. Atrofi baland tog’lar bilan o’ralgan. 3914 metr balandlikdagi soylikda joylashgan. Ikki qismdan iborat bo’lib, tor bo’tozlar orqali bog’langan. Chuqurligi g’arbiy qismida 236 metr, sharqida 22,5 metr. Suvi sho’rroq, tiniq. Noyabr oxiridan aprelgacha muzlab yotadi. Suvning temperaturasi yozda 12°. Eng yirik irmoqlari: Qorajilg’a, Qoraort va Muzko’l.