Qoraqozonlar
Qoraqozonlar — Toshkent hokimi Yunusxo’ja davri (18-asrning oxiri — 19-asr boshi)da qo’shin nomi. Yunusxo’ja 6 ming kishidan iborat qo’shin tuzib, askarlarni pilta miltiq, qilich, nayza, qalqon bilan qurollantirgan. Bu qo’shin «qora qozon» deb atalib, unda, asosan. turli shaharlardan kelgan musofir kishilar va asirlar xizmat qilgan. Yunusxo’ja urush vaqtida o’troq va ko’chmanchi aholidan 50-60 ming askar to’play olgan. Qo’shin turli rangdagi bayroqlar, nog’ora, karnay va surnaylar bilan ta’minlangan. Urush borishiga qarab har bir xonadondan bir-ikki kishi qo’shinga jalb etilgan. Qoraqozonlar soliqlarlan ozod qilingan.