Qorovultepa suv ombori

Qorovultepa suv ombori — Jizzax viloyatidagi suv ombori. Zarafshon daryosidan eski Tuyatortar kanali orqali kech kuz-qish mavsumida to’ldiriladi. Kanal o’zaniga yaqin tabiiy botiqda qurilgan. 1987 yilda foydalanishga topshirilgan. To’liq hajmi 53,0 million m3 to’g’onining maksimal balandligi 40 metr, maksimal suv o’tkazish imkoniyati 50 m3/ sek. Suvidan G’allaorol tumanidagi yerlarni sug’orishda, Sangzor daryosiga suv tashlashda foydalaniladi.