Quyonquloq, lindelofiya
Quyonquloq, lindelofiya — govzabondoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tsimon o’simliklar turkumi. O’rta Osiyoda, Afg’oniston va Eronda tarqalgan. O’zbekistonda uzun ustunchali Quyonquloq yoki ko’kgul turi o’sadi. Ildizi o’qildiz. Poyasi tik, bo’yi 40-80 santimetr. Ildiz bo’g’zidagi barglari yirik (uzunligi 25-50, eni 2-5 santimetr), to’pguli ro’vaksimon, guli ko’k-havorang. Iyun — sentabrda gullab urug’laydi. Mevasi yong’oqcha. Tog’zonasi, Daryo, kanal va yo’l bo’ylarida, paxtazorlarda o’sadi.